Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat Milliy banki rahbari Kayrat Kelimbetovni iste’foga chiqardi, uning o‘rniga o‘z yordamchisi va Prezident ma’muriyati ijtimoiy-iqtisodiy monitoring bo‘limi mudiri Doniyor Akishevni tayinladi, deb yozadi “RBK”.
Kelimbetov iste’fosining sababi rasman uning “boshqa ishga o‘tishi bilan bog‘liq” deb e’lon qilindi. Biroq Nazarboyev parlamentga yuzlanar ekan, tenge va Milliy bankka bo‘lgan ishonch kamayib ketganini ta’kidladi.
“Ayni paytda Bank va milliy valyuta — tengega ishonch pasaygan, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Mamlakatda tenge qadrining pasayishi kuzatilmoqda, iqtisodiyotni kreditlash hajmi kamaymoqda. Ishonamanki, Akishevning ta’limi va tajribasi unga ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilashda yordam beradi”, — dedi davlat rahbari.
Izoh (0)