“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali tashabbusi bilan Toshkent moliya institutida Innovatsion sug‘urta markazi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Talabalar ixtiyoriga topshirilgan Innovatsion sug‘urta markazi aholiga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish hamda yoshlarning sug‘urta madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Markaz faoliyatidan ko‘zlangan maqsad zamonaviy sug‘urta bozorida professional kadrlar tayyorlash, ularning sug‘urta sohasidagi bilimlarini oshirishdan iborat.
Izoh (0)