Pensionerlar pensiyaning butun miqdori yoki uning bir qismi plastik kartaga o‘tkazilishidan bosh tortish huquqiga egami? Pensiya yoki uning bir qismi majburiy ravishda yoki pensionerga xabar qilinmasdan turib, kartochkaga o‘tkazilishi mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Gazeta.uz” mushtariylarining shu kabi savollariga javob berdi.
“Mablag‘larning plastik kartalarga o‘tkazilishi ixtiyoriy ravishda fuqarolarning Byudjetdan tashqari pensiya fondi bo‘linmalariga berilgan pensiyaning bir qismini plastik kartaga o‘tkazish haqidagi yozma arizalari asosida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng Byudjetdan tashqari pensiya fondi bo‘linmasi fuqarolar arizalarida ko‘rsatilgan pul mablag‘larini bankka ko‘chiradi”, — deyiladi Markaziy bankning rasmiy javobida.
Markaziy bankdagilar eslatishicha, Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga binoan, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkinlikka ega.
Izoh (0)