Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga “Ravshan” nomi ostida ishlab chiqarilgan “Bom Bom” konfetining surati joylandi.
Postni qoldirgan foydalanuvchi “Bizda anchadan beri ‘Roshen’ o‘rniga ‘Ravshan’ bormi?”, deya o‘z hayratini yashirmagan.
Ma’lumot uchun. “Roshen” — Ukrainaning qandolatchilik korporatsiyasi va dunyodagi eng yirik qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri. “Roshen” nomi — kompaniya asoschisi hisoblangan Pyotr Poroshenkoning familiyasidagi birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar tushirib qoldirilganda, hosil bo‘ladigan nomdir.
Izoh qoldirgan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi mashhur brendlarning plagiatlari butun dunyoda bisyor ekanligini bildirdi. Bunga misol tariqasida bir foydalanuvchi “Djek” shokoladlarining O‘zbekistonda “Djak” nomi ostida ishlab chiqarilgan shokolad suratini joyladi.
Boshqa foydalanuvchilar esa “iKi Kat” shokoladi va “Qurtafello” qurtlarini eslab o‘tdi.
Izoh (0)