“Yandeks” OAV va media uchun maxsus axborot agentligini ishga tushiradi, ular uchun yangiliklarni robotlar tayyorlaydi. Bu haqda “OAV uchun Yandeks” loyihasi rahbari Mariya Petrovaga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Yangi agentlik uchun xabarlarni “Yandeks” avtomatik algoritmlari ma’lumotlar monitoringi va tahlili asosida tayyorlaydi. Dastlab, yo‘llardagi vaziyatlar, ob-havo va eng ko‘p qiziqishga sabab bo‘ladigan hodisalarni yoritish rejalashtirilmoqda. Keyinroq mavzular ro‘yxati kengaytiriladi.
OAVning har bir turi uchun o‘z formati taklif qilinadi: telekanallar uchun — grafiklar, radiostansiyalar uchun — matnli maxsus interfeys, jurnal va saytlar uchun — bildirishnomalar tasmasi ko‘rinishida. Ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatiladi, ularga obuna bo‘lish bepul.
Izoh (0)