Airbus rahbari Fabris Brejye Germaniya hukumatini mehnat bozorini muhojirlar uchun moslashtirishga chaqirdi. U qochoqlar tezroq ish topishi va jamiyatga qo‘shilib ketishiga ko‘mak berish uchun ko‘plab kam haq to‘lanadigan ish joylari yaratish lozimligini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oldinroq iqtisodchilar va siyosatchilar mamlakatga muhojirlar oqimi kelishi keskin ortgani sababli ishsizlik darajasi oshishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Bu muammoni hal etish uchun Germaniya hukumatiga eng kam ish haqi miqdorini o‘zgartirish va ko‘proq qisqa muddatli shartnomalarni joriy etish taklif etilmoqda.
O‘z navbatida, bir qator iqtisodchilar ishchilar yetishmayotgan tarmoqlar, jumladan, mashinasozlikda mehnat qilishlari mumkinligini inobatga olib, muhojirlar oqimi iqtisodiy o‘sishga olib kelishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.
Izoh (0)