Misr Aleksandriyasida dovul va do‘l aralash yoqqan jala oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Qirg‘oqqa yaqin joylashgan ko‘plab turar-joy va davlat muassasalari suv ostida qolgan. Bir qator hududlarda suv sathi avtomobillar kapotigacha ko‘tarilgan.
Mamlakat prezidenti ko‘rsatmasiga binoan Aleksandriyaga Misr bosh vaziri yetib kelgan.
Izoh (0)