Rossiya va AQSh tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov hamda Jon Kerri telefon orqali muloqot chog‘ida Suriyada mamlakat rasmiylari va muxolifat ishtirokida vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qildi. Muloqot AQSh tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari Suriyadagi mojaroni rasmiylar va muxolifat ishtirokida hamda xalqaro hamjamiyat, jumladan, mintaqadagi yetakchi davlatlar ko‘magida hal etish istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirdi”, — deya ma’lum qildi Rossiya TIV.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni Avstriya poytaxti Venada Rossiya, AQSh, Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Sergey Lavrov, Jon Kerri, Adel al-Jubayr va Faridun Sinirlio‘g‘li ishtirokida Suriyaga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)