Gretsiyaning Xalkidiki shahrida 25-oktabr, yakshanba kuni shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
5-noyabrga qadar davom etadigan musobaqa shveysarcha tizimda o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar 11 tur yakuniga ko‘ra aniqlanadi.
Jahon chempionatida 122 davlatdan 1,6 mingdan ziyod shaxmatchi qatnashadi. Jumladan, O‘zbekiston sharafini Mamatqul Haylayev va grossmeyster Marat Jumayev murabbiyligidagi 15 nafar yosh shaxmatchi himoya qiladi.
Ular orasidan Javohir Sindorov, Islombek Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov, Bahora Abdusattorova, Nodirabegim Parpiyeva, Adel Rahmon, Ruhshona Rahimberdiyeva, Akobirxon Saydaliyev, Maftuna Bobomurodova, Leyla Kim, Yuliya Xegay, Asal Salimova, Muzaffar Eminjonov, Abdumalik Abdusalimov o‘rin olgan.
Izoh (0)