Bolgariya poytaxti Sofiyada o‘tkazilgan figurali uchish bo‘yicha Denkova-Staviski Cup xalqaro turnirida o‘zbekistonlik Misha Ge zafar quchdi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
Yevropa va Osiyoning mohir sportchilari ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchi 210,14 ball to‘plab, raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirdi.
Malayziyalik Julian Ji Jiye Yi musobaqada ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, italiyalik Ritsso Matteo kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Qayd etish joiz, mazkur g‘alaba Misha Ge uchun joriy mavsumdagi dastlabki muvaffaqiyatdir.
Izoh (0)