Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha Fransiya elchisi Beranjer Kensi 15—19-oktabr kunlari O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida mamlakat rahbariga taklifnoma berdi, deb yozadi UZ24.
Kensining tashrifi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi tomonlarining 21-anjumani (COP 21) arafasida bo‘lib o‘tdi.
Vaqtdan foydalanib, elchi Kensi Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Loran Fabius tomonidan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov nomiga yo‘llangan COP 21’ga taklifnomani topshirdi.
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 21-anjuman Fransiyada 30-noyabrdan 11-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)