O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haftaligini olib bormoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy aksiyada ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiy OTMlar yetakchi olimlari va yuqori malakali shifokorlari ishtirok etadi.
Ushbu haftalik doirasida boshqalar bilan bir qatorda urush va mehnat faxriylari, nuroniy yoshdagi kishilar salomatligiga alohida e’tibor beriladi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘zidagina chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan 200 ming nafar keksa avlod vakillari va jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar o‘tkazilgan. Kasallik aniqlangan 7 ming urush va mehnat faxriylariga respublika tibbiyot markazlari va klinikalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)