Xitoyning Ruili plastik jarrohlik klinikasi vakillari mahalliy kinoyulduz Yan Vinni qiyofasi tabiiy emasligida aybladi. Ularning da’vosiga ko‘ra, o‘zlari xizmat qilayotgan klinikada 26-yoshli aktrisaga qator plastik operatsiyalar o‘tkazilgan. Anjela Beybi taxallusi ostida suratga tushadigan Yan Vin bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Uning aytishicha, qiyofasi yevropacha qirralarga ega ekaligi buvasi nemis bo‘lgani bilan bog‘liq. Aktrisa hech qachon Ruili klinikasi xizmatlaridan foydalanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, tabiiy go‘zallik sohibasi ekanligini isbotlash uchun rentgen va MRT qildirdi. Natijalar chindan ham aktrisaning suyak va yumshoq to‘qimalari sun’iy aralashuvlarga uchramaganini ko‘rsatdi.
Endi Yan Vin yetkazilgan ma’naviy zarar uchun klinikadan 79 ming dollar tovon puli talab qilmoqda.
Izoh (0)