Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaga qarshi sanksiyalar 2016-yil noyabridan nariga o‘tmasligiga ishonch bildirmoqda, deya xabar beradi “TASS”.
“Sanksiyalar faqat Rossiyanigina bezovta qilayotgani yo‘q. G‘arbiy Yevropa davlatlari ham, MDHdagi hamkorlarimiz ham bong urmoqda, — deya izoh bergan Qodirov jurnalistlar bilan suhbatda. — O‘ylashimcha, 2016-yil noyabrida sanksiyalarni bekor qilishga majbur bo‘lishadi. Biz Kuba emasmiz. Rossiya harbiy va iqtisodiy jihatdan qudratli davlat, dunyodagi ko‘p narsa bizga bog‘liq”.
Uning aytishicha, Rossiyaga qarshi iqtisodiy cheklovlar bilan аloqador asosiy qiyinchiliklar o‘tib ketgan. “Baxtimizga, sanksiyalar bilan bog‘liq eng katta muammolar ortda qoldi”, — deya ta’kidlagan Checheniston rahbari.
Izoh (0)