Rossiya 50 minggacha jangari yashaydigan Afg‘oniston hukumatiga ko‘mak berishda davom etmoqchi. Yordam ikki tomonlama formatda ham, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti bo‘yicha sheriklar bilan hamkorlikda ham taqdim etiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
U Afg‘onistondagi beqarorlik eng keskin muammolardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. “Ayni paytda bu mamlakatda 50 minggacha jangari bor, ular turli yo‘nalishdagi 4 mingta otryad va guruhlarga birlashgan”, — dedi Antonov.
Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, IShID guruhi jangarilarining o‘zi Afg‘onistonda 2—3 ming kishini tashkil qiladi.
Izoh (0)