NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg AQSh prezidenti Barak Obamaning 2016-yildan so‘ng ham Afg‘onistonda Amerika harbiy kontingentini qoldirish to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Stoltenberg Obamaning Afg‘onistonda 9800 nafar harbiy xizmatchini qoldirish to‘g‘risidagi qarori “mintaqada NATOning barqaror hozir bo‘lishiga yo‘l ochishi”ni ta’kidlagan. Shuningdek, alyans yaqin orada mazkur kontingentni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami haqida bir qarorga kelishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik vakolati yakunlaganidan so‘ng ham Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonda qolishini e’lon qildi.
Izoh (0)