Rossiya va Isroil harbiy uchuvchilari Suriya osmonida parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun mashg‘ulotlarga kirishdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakiliga tayanib.
14-oktabr kuni Rossiya havo-kosmik kuchlari va Isroil harbiy-havo kuchlari hamkorligidagi o‘quv mashqlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bosqich 15-oktabrga belgilangan edi.
Xmeymim aviabazasidagi Rossiya aviatsiyani boshqarish markazi va Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlik punkti o‘rtasida uchar qurilmalar harakatlari haqida o‘zaro axborot berish yo‘lga qo‘yildi.
Izoh (0)