Compass Airlines aviakompaniyasi samolyoti Los-Anjeles aeroportidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan parvozni zudlik bilan to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi. Bunga kutilmaganda uchish maydoniga kirib qolgan aeroport texnik xizmati avtomobili sabab bo‘lgan, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi shoshilinch tarzda samolyot tormozini bosishga majbur bo‘lgan. Havo kemasi bortida 78 nafar yo‘lovchi bor edi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)