Tojikiston poytaxti yaqinidagi Arbobxotun posyolkasida joylashgan neft bazasida ro‘y bergan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralangan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 13-oktabr, seshanba kuni “Gazpromneft-Tojikiston” kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan “G‘aybullo Bafoyev” nomli neft bazasida payvandlash ishlari olib borilayotganida, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmaganligi tufayli portlash sodir bo‘lgan.
Mazkur hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Izoh (0)