Rossiyalik xaridorlar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi internet xizmatlar orqali Yevropa yoki AQShdan sanksiyaviy mahsulotlarni buyurtma qilishi mumkin. Bu Rossiyaga chet el internet do‘konlaridan mahsulot keltirib beruvchi Shopfans servisi Federal bojxona xizmatiga yuborgan so‘rovga javoban berilgan izohdan ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, ba’zi turdagi mahsulotlar importiga qo‘yilgan taqiq jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun keltiradigan tovarlarga nisbatan amal qilmaydi. Buyurtma qilingan mahsulot shunday tovarlar sifatida hisoblanishi uchun, xaridor “jismoniy shaxsning ko‘chiriladigan tovarlar haqidagi arizasi”ni taqdim etishi kerak.
Izoh (0)