“Vostochniy” kosmodromida 2015-yil dekabriga rejalashtirilgan birinchi parvoz amalga oshmaydi, deya xabar bermoqda “RBK”. Kosmodromda o‘tkazilgan yig‘ilishda Putin parvozni bahorga qoldirish kerakligini e’lon qildi.
U koinot sohasida shoshilinch ish qilib bo‘lmasligini, shu tufayli avval qurilish va sozlash ishlarining barchasini tugatish zarurligini ta’kidladi.
Reja bo‘yicha birinchi parvoz shu yilning 25-dekabrida amalga oshishi kerak edi. Aprel oyida qurilishni nazorat qilayotgan bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin va “Roskosmos” rahbari Igor Komarov Putinga parvoz dekabrda bo‘lishini ma’lum qilgan, ammo keyinroq kosmodrom qurilishi biroz kechikayotganini e’tirof etgan edi.
Izoh (0)