Suriyada IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan Islom inqilobi posbonlari korpusining ikki nafar yuqori lavozimli eronlik ofitseri o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
General-mayor va brigada generali Suriyadagi jangovar harakatlar natijasida halok bo‘ldi. Bu aynan qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmayapti.
Nashr eslatishicha, 9-oktabr kuni Islom inqilobi posbonlari korpusi general Husayn Hamadoniy vafoti haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)