Xitoylik Gi Meng Ginnesning Rekordlar kitobiga kirish uchun 35 yil davomida sochini 2,52 metrga o‘stirdi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Yunnan provinsiyasilik Myao elatiga mansub 59 yoshli ayol 24 yoshidan beri sochiga qaychi tekkizmagan. Ular bir yilda olti—yetti santimetrga o‘sgan. Meng dalada ishlayotganida sochini boshiga besh marta halqa qilib o‘rib olib, belidan uch marta aylantiradi.
Ayolning aytishicha, uzun sochlar salomatlik uchun foyda emish, ammo ularning nafi aynan nimada ekanligiga aniqlik kiritmadi. Aksincha, sochini yuvganidan so‘ng bir hafta qurishini kutishidan zorlangan.
Oldinroq xonim dunyo rekordini qo‘yish niyati bo‘lgani uchun sochini 19 000 yuanga (taxminan 3 ming dollar) sotishdan bosh tortgandi. Ayni paytda mazkur natija hamyurti Ksi Kuipingga tegishli: 2004-yilda bu ayol 5,6 metr uzunlikdagi sochi bilan Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin olgandi.
Izoh (0)