Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva shahridagi kriminal guruhlarning 40 dan ortiq yetakchilarini qo‘lga tushirdi. Bu haqda, Rossiya Ichki ishlar vazirligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiyachilar 11-oktabr oqshomida Moskva shahridagi restoranlarning birida jinoiy hamjamiyatning yetakchilari va faol a’zolarini hibsga olgan. Xabar berishlaricha, ular shahardagi ta’sir doiralarini hamda pul mablag‘larini qayta taqsimlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazayotgan bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “qonundagi o‘g‘rilar”ning uch nafari — Maxachqal’alik Vitalik nomi bilan tanilgan Vitaliy Izgilov, Mususa laqabli Roman Lomtadze hamda Roko nomi bilan mashhur Shalva Xuchuani qo‘lga tushirgan.
Izoh (0)