Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko o‘zaro telefon suhbati davomida Belarus hududiga Rossiya aviabazasini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, mazkur masala muhokamasi Qozog‘iston poytaxti Ostonada davom ettiriladi.
“Ushbu masalaning turli jihatlari ikki prezident o‘rtasida muhokama qilindi, mazkur muhokama o‘zaro hurmat ruhida davom ettiriladi, buning ustiga oldinda ikki prezident o‘rtasida muloqotlar kutib turibdi, ular MDHning Qozog‘istondagi sammitida uchrashadi”, — dedi Peskov.
Xabar berishlaricha, Putin 15—16-oktabr kunlari Qozog‘istonda bo‘lib, MDH davlat rahbarlari kengashi hamda Yevrosiyo oliy iqtisodiy kengashi majlislarida qatnashadi.
Izoh (0)