Rossiyalik yadroshunos olim Sarkis Karamyan Turkiyaning Antaliya viloyatida cho‘kib ketdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Rossiya fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarni Antaliyadagi Rossiya bosh konsulligi ham tasdiqlagan. 1940-yilda tug‘ilgan Karamyan Kemer kurorti yaqinidagi Cham’yuva qishlog‘ida cho‘kib ketgani aytilmoqda.
“Baxtsiz hodisa haqida uning turmush o‘rtog‘i xabar bergan. Jonlantirish bo‘yicha tadbirlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Halok bo‘lgan shaxsning jasadi Antaliyadagi Sud-meditsina markazida saqlanmoqda”, — deyiladi konsullik xabarida.
Dubnadagi Yadroviy tadqiqotlar instituti Yadroviy reaksiyalar laboratoriyasining katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktorining jasadi qachon Rossiyaga jo‘natilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)