AQSh prezidenti Barak Obama istisno tariqasida o‘zini intervyu oluvchi jurnalist sifatida sinab ko‘rdi. Oq uy rahbarining savollariga amerikalik taniqli yozuvchi, “Xonadon o‘chog‘i”, “Galaad”, “Uy”, “Lila” kabi dunyoga mashhur romanlar muallifi, Pulitser mukofoti laureati Merilin Robinson javob bergan. Bu haqda “Nyu-York revyu of buks” jurnaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Har doim ham o‘zimga yoqadigan va meni qiziqtiradigan inson bilan hamsuhbat bo‘lish nasib etavermaydi. Siz shunday kishilar safida birinchi o‘rinda turardingiz”, — deya tan olgan Obama Ayova shtatida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida.
AQSh prezidenti yozuvchidan uning bolaligi, ota-onasi, kitob va adabiyotga mehri to‘g‘risida batafsil surishtirgan. Shu bilan birga, ta’lim, huquq-tartibot tizimi va Amerika uchun og‘riqli bo‘lgan boshqa mavzularda so‘z ochgan.
Izoh (0)