O‘zbekistonlik hojilarning so‘nggi guruhlari 8-oktabr kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Haj—2015” mavsumi O‘zbekiston hojilari uchun juda ham muvaffaqiyatli va samarali o‘tdi. Hojilarga yaxshi sharoitlar yaratib berildi”, — deyiladi idora xabarida.
Qayd etishlaricha, ishchi guruh a’zolari mehmonxona, oshxona, qadimiy qadamjolarni ziyorat qilish, avtobuslarda Haramga borishda, Mino vodiysida tartibni saqlashda jonbozlik ko‘rsatdi.
“Guruh rahbarlari hoji otaxon va onaxonlarning haj amallarini bajarishiga yaqindan yordam berib, xolis xizmatlari bilan hojilarni xursand qildi”, — deya qo‘shimcha qilinadi O‘MI xabarida.
Izoh (0)