Brayan Treysi – kanadalik noyob olim, biznes-trener, qator irodali sifatlarga ega inson. Bir qarashda, uning taqdir tarixi haqiqiy bo‘lishi uchun haddan ziyod ulug‘vor va ko‘rkamdek tuyuladi. Shunday bo‘lsa-da, uning yo‘li – muvaffaqiyat bu iste’dod va omadlilikning bor-yo‘g‘i 1% i, qolgani nihoyatda zo‘r mehnat va ertayu kech oldiga qo‘yilgan maqsadlarga olg‘a yurish qobiliyati ekanligini yana bir bor tasdiqlovchi hayotiy misoldir. Uning shaxsiy ishini o‘rganib, bunga o‘zingiz amin bo‘ling.
Ism-sharifi: Brayan TreysiTug‘ilgan sanasi: 27-noyabr, 1944-yilTug‘ilgan joyi: Vankuver, KanadaMa’lumoti: Albert universiteti, tijorat sohasida bakalavr va magistr darajalariga ega, oltita tilni biladi.Faoliyat turi: da’vatkor-notiq, yozuvchi, biznes-trener, dollarli milliarder.Oilasi: turmush o‘rtog‘i Barbara Treysi, to‘rtta farzandi (Kristina, Maykl, Devid, Ketrin)Burj belgisi: O‘qotar
Muvaffaqiyatining tarixi:
Brayan o‘rtahol o‘qituvchi va duradgor oilasida dunyoga kelgan. Brayan oilasi zo‘rg‘a kun ko‘rar va doimiy ochin-to‘qin yashaganliklari tufayli, o‘tkir ochlik hissi doimo uning bolaligidagi eng yorqin esdaligi bo‘lib qoldi.O‘qish tugashiga oz qolganda, Brayan maktabni tashlab, qo‘shimcha yuklarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi kemada ishlashga joylashdi. Sakkiz yil davomida jahonni kezib, u besh qit’ada joylashgan 80 ta mamlakatda bo‘lib qaytdi.
22 yoshida Brayan Treysi paroxoddagi og‘ir qora ishini tashlab, yirik investitsion kompaniyaga ishga o‘tdi. Ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun, Treysi o‘zining ko‘proq natijaga erishgan hamkasblari misolida ishga o‘rganib, ishining birinchi yili oxiridayoq katta sotuvchi o‘rnini egalladi. Ikki yildan so‘ng esa, 25 yoshida vitse-prezident lavozimiga erishadi va 95 ta xodimlariga rahbarlik qiladi.
O‘ttiz yoshida u Kanadaning Alberta provinsiyasi universitetiga o‘qishga kiradi va iqtisod hamda biznes sohasida darajani qo‘lga kiritadi. Universitetini tamomlaganidan so‘ng, uni yirik kompaniyaga ko‘chmas mulk savdosi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ishga olishadi. Bir necha yil o‘tgach, unga ishonilgan bo‘limning aylanmalari ellik million dollarga yetadi.
Bunday muvaffaqiyatdan so‘ng, Treysi Yaponiyadan avtomobillarni import qilish bilan shug‘ullanish maqsadida, firmani tark etadi. Mazkur sohada bilimlari bo‘lmaganligiga qaramay, Brayan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va tadqiqotlar orqali o‘zi uchun yangi ko‘nikmalar ishlab chiqish, o‘zidan tajribaliroq hamkasblari bilan muloqotda bo‘lish, ularning xatti-harakatlarini o‘rganish va albatta, bozor xususiyatlarini o‘rganishga kirishadi. Loyihadagi umumiy faoliyati davomida u kompaniyaning distribyutorlik tarmog‘ini butun mamlakat bo‘ylab oltmish beshtagacha yetkazadi, uning olib kirayotgan avtomobillari narxi esa yigirma besh millionga tenglashadi.
Muayyan davrgacha Treysi o‘z faoliyat sohasini o‘zgartirib borar, har birida o‘zinnig yangi rekordini o‘rnatar edi. U reklama, banklarda va boshqa tarmoqlarda tajribani boshdan kechirdi. U “o‘z ishi”ni axtarishni — biznes va muvaffaqiyat psixologiyasi bo‘yicha metodik adabiyotlar va dasturlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Brian Tracy International kompaniyasini ochish bilan yakunladi.
Brayan Treysi muvaffaqiyat, kishining salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va biznesni muvaffaqiyatli boshqarish masalalari bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislaridan biriga aylandi. U olti qit’adagi saksondan ortiq mamlakatda o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildi va faoliyat yuritdi. Treysi, shuningdek, Kaliforniya shtati gubernatori saylovlarida qatnashdi va o‘zida aniqlangan saraton kasalligini yenga oldi.
Shu kabi hayratomuz natijalarga erishishni istaysizmi?
O‘z muvaffaqiyat yo‘lini o‘tab bo‘lgan, muvaffaqiyatga erishgan kishilarning usullarini qo‘llash orqali siz o‘z maqsadingizga erishish yo‘lida yanada tezroq olg‘a siljiy olasiz. Qolaversa, 7-noyabr Toshkentda, Turkiston san’at saroyida Brayan Treysining seminarida shaxsan qatnashish kabi noyob imkoniyatiga egasiz.Brayan Treysi o‘zining, bugungi kunda eng mashhur — “Maksimumga erishish” biznes-seminari bilan chiqish qiladi. Unda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda, maksimal darajada mumkin bo‘lgan natijalarga erishish yo‘llarini ochib beradi.
Seminar doirasida dunyodagi eng muvaffaqiyatli kishilarning strategiyalari, ularning odatlari, qoidalari va fikrlash xususiyatlari batafsil o‘rganiladi. Bundan tashqari, maqsadlarni samarali tashkil etish jarayonlari va ularga erishish yo‘llarini aniqlash, shaxsiy mehnat unumdorligini oshirish, vaqtni boshqarish va hayotning har bir sohasida mislsiz natijalarni rejalashtirish kabilar ko‘rib chiqiladi. Brayan Treysi seminar qatnashchilariga o‘zlarida asosiy moliyaviy aktivni aniqlashga yordam beradi va undan maksimal natijalarga erishish yo‘llari bilan tanishtirib o‘tadi.
Shu bilan birga, seminar doirasida siz o‘z xizmat aloqalaringiz tarmog‘ini kengaytirish, yirik kompaniyalarning bosh rahbarlari bilan tanishish, tadbirning yetakchi hamkorlari tashabbuslari va konkurslarida qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz.
Tadbirning axborot hamkori sifatida namoyon bo‘lgan Ucell uyali aloqa operatori “Qanday qilib B. Treysining ‘Maksimumga erishish’ seminari hayotimni ijobiy tomon o‘zgartirishi mumkin” mavzusida ijtimoiy tanlovni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Operatorning ijtimoiy tarmoqlari va rasmiy www.ucell.uz saytida 19-oktabr kuni boshlanishi kutilayotgan tanlov doirasida Business kategoriyasining 10 ta chiptasi o‘ynaladi. Ucell kishilarning axborot va bilimlarga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston ahliga xalqaro tajriba va noyob bilimlarni egallashga ko‘mak beradi.
Mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalaning va muvaffaqiyatingizga erishish yo‘lida qat’iylikni namoyon eting!
Chiptalarni xarid qilish yuzasidan barcha batafsil ma’lumotlarni tadbirning rasmiy sayti www.change.uz yoki (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 raqamlari orqali olish mumkin.
Brayan Treysining o‘qituvchilik va yozuvchilik faoliyati:
1981-yilda Brayan Treysi, avvaliga “Feniks seminari” nomi bilan mashhur bo‘lgan muvaffaqiyat tizimini ishlab chiqdi.1985-yilda u ushbu seminarining qayta ishlangan variantini – “Yutuqlar psixologiyasi” nomi ostida audikassetalar chiqardi. Keyinchalik u jahon bestselleriga aylandi va 20 ta tilga tarjima qilindi.
2010-yilda tadbirkorlar, biznesmenlar va savdo bo‘yicha menejerlar uchun “Brayan Treysi Universiteti” onlayn-kurslarini tashkil etdi.
2013-yilda rusiyzabon makon tadbirkorlari uchun Brayan Treysi Akademiyasini ochdi. Bu yerda uning seminarlari, videohujjatlari va blogi rus tilida taqdim etilgan.
Bugungi kunda Treysi dunyoning eng mashhur biznes-trenerlarining birinchi o‘ntaligiga kiradi. Brayan besh yuzta kompaniya uchun to‘rt yarim mingdan ziyod seminarlar o‘tkazdi. Ularning qatorida BMW, Bayer, IBM, Ford, Nissan, Toyota va ko‘plab boshqa butun dunyoga mashhur gigantlar bor. Uning har yillik auditoriyasi nafaqat o‘z biznesi, balki hayotini ham samarali boshqarishni xohlovchi 250 ming kishini tashkil etadi.
Treysi biznesni samarali boshqarish masalasi bo‘yicha 45 dan ortiq kitob yozib, chop etdi; insonning butun shaxsiy va professional faoliyati, shaxsiy taraqqiyot va muvaffaqiyat spektrlarini qamrab oluvchi ko‘plab o‘rgatuvchi audio va videodasturlarni ishlab chiqdi. Shu jumladan, “Yutuqlar psixologiyasi”, “Million dollarlik odatlar”, “Maksimal muvaffaqiyat”, “Bu qurbaqani yeb ol”, “Qanday qilib yaxshi xodimlarni yollash va ularni ushlab qolish kerak”, “O‘z vaqtingni boshqar va natijalaringni ikki hissa ko‘paytir” va ko‘plab boshqa jahon bestsellerlari.
Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi
Izoh (0)