Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi sentabr oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 723 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Avgust bilan taqqoslaganda (730 sh. b.) kvartira narxlari 1 foizga pasaydi. Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 690 sh. b., g‘isht uylardagi — 765 sh. b. ni tashkil qildi.
Sentabr oyida Toshkentdagi 11 tumandan 5 tasida kvartira narxlari pasaygan, 2 tasida oshgan, 4 ta tumanda esa narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Izoh (0)