Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ukrainaga nisbatan jiddiy da’volari bor, shu tufayli Kiyevga kreditning navbatdagi transhini ajratish 25-oktabr kungi mahalliy saylovlardan keyin ko‘rib chiqiladi. Bu haqda XVJ vakillarining Ukrainaga o‘n kunlik tashrifi natijalaridan xabardor manbasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ukrainaning EFF kreditining 1,7 milliard dollarlik navbatdagi — uchinchi transhini olish uchun o‘z majburiyatlarini bajarayotganini tahlil qilgan XVJ ekspertlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga aniq javob olmagan. Xususan, jamg‘arma islohotlar bajarilishining borishi, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi hamda bank sektorining isloh qilinishidan qoniqmagan.
Shuningdek, XVJda soliq tizimidagi o‘zgarishlar, 2016-yil uchun davlat byudjetining tayyorlanishi bo‘yicha, va Ukraina Milliy bankiga qaratilgan savollar ham bor.
Izoh (0)