Gvatemaladagi Santa-Katarina-Pinula shahrida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 215 kishiga yetdi. 300 nafarga yaqin fuqaro hamon bedarak yo‘qolgan, deb qayd etilmoqda. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lumotlariga tayanib, “Segodnya.ua” xabar berdi.
Ayni paytda fojia sodir bo‘lgan yerda deyarli 560 nafar qutqaruvchi ishlamoqda. Ko‘chki ro‘y bergan paytdan beri 46 ming kub metr tuproq chiqarib tashlandi, bunda 50 ta yuk mashinasi, 28 ta traktor va ekskavatordan foydalanilmoqda.
Oldinroq 1-oktabrda yuz bergan ko‘chki tufayli 186 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)