Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘rtinchi evarasiga Anvar (Anuar) deb ism qo‘yishdi, deya xabar bermoqda TengriNews.
Bu haqda respublika adliya vaziri Berik Imashev — prezident nevarasining qaynotasi ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning sog‘lig‘i joyida.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni prezidentning katta nevarasi, Ostona shahar hokimining o‘rinbosari, 30 yoshli Nurali Aliyev oilasida to‘rtinchi farzand — o‘g‘il tug‘ildi. Nurali Aliyev hozirda Qozog‘iston adliya vaziri bo‘lib ishlayotgan Berik Imashevning qizi Aidaga uylangan, bu oila endi ikki o‘g‘il va ikki qizli bo‘ldi.
Nursulton Nazarboyevning uch qizi, sakkiz nevarasi (uch o‘g‘il va besh qiz) va to‘rt evarasi bor.
Izoh (0)