NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Alyans zarur bo‘lganida, o‘z kuchlarini Janubga, jumladan, Turkiyaga joylashtirishga tayyorligini aytdi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
“NATO barcha ittifoqdoshlarini, jumladan, Turkiyani ham har qanday xavfdan himoya qilishga tayyor. Kuchlarimiz shayligini oshirishimiz, NATO Javob kuchlari sonini ikki barobar ko‘paytirishimiz, birgalikdagi Yuqori shaylik kuchlarini tuzishimiz — bularning barchasi Sharq va Janubdan bo‘layotgan chaqiriqlarga javobimizdir. NATO Suriyadagi vaziyatga javob ko‘rsatishni boshlab yuborgan, Janubda, jumladan, Turkiyada ham, bunga zarurat bo‘lsa, kuchlarni joylashtirishga tayyormiz”, — dedi Stoltenberg.
Bosh kotib bu yaqinda Rossiya samolyotlarining Turkiya havo hududiga bostirib kirgani bilan bog‘liq vaziyatda ayniqsa muhim ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)