Rossiya aviabazasini Belarus hududiga joylashtirish haqida hech qachon so‘zlashilmagan. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
U so‘nggi vaqtlarda muxolifatning Rossiya aviabazasi Belarus hududiga joylangani haqidagi shov-shuvlariga izoh berar ekan, “Men bu haqda hech narsa bilmayman. Bu qarorni qabul qilishi kerak bo‘lgan kishi — men bu haqda hech narsa bilmayman”, — deya ta’kidladi.
Lukashenko hozirda ularga baza emas, muayyan qurol-yarog‘lar zarurligini aytdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda Rossiya aviabazasini qurish haqida bitim imzolashni buyurgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)