Yaponiya hukumati o‘zining favqulodda yig‘ilishida yangi hukumatni shakllantirish zarurati tufayli bosh vazir Sindzo Abedan iste’fo so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vazirlar mahkamasini yangilash zarurati Sindzo Abe sentyabrda unga yana uch yil davomida hukumatni boshqarish huquqini beruvchi hukmron partiya yetakchisi lavozimiga qayta saylangani natijasida paydo bo‘ldi.
7-oktabr, chorshanba kuni hukumat bosh kotibi vazirlarning yangi tarkibini e’lon qiladi. Shu kuni ularni imperator tomonidan tasdiqlash marosimi ham o‘tkaziladi. Shundan so‘ng Sindzo Abe matbuot anjumanida hukumat oldida turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Izoh (0)