Qirg‘iziston parlamentiga saylovlarda ishtirok etgan 14 partiyadan 6 tasi o‘tdi. 4-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Eng ko‘p ovozni prezident tarafdorlarining Sotsial-demokratik partiyasi to‘pladi, biroq hatto u ham parlamentdagi o‘rinlarning yarmidan ortig‘iga da’vogarlik qilolmadi. Shu bois parlamentga o‘tgan partiyalar bosh vazir nomzodini ilgari surish va hukumatni shakllantirish uchun koalitsiya tuzishlariga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarda jiddiy kamchiliklar kuzatilmagani va ular demokratik ruhda o‘tganini ta’kidladi. Saylovchilarning 60 foizi ishtirok etgani ma’lum qilingan siyosiy tadbir yakunlari 20 kun davomida e’lon qilinadi.
Izoh (0)