Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula shahrida yer ko‘chishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 161 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Markaziy Amerika mamlakati prokuraturasiga tayanib.
Avvalroq fojiada 131 kishi nobud bo‘lgani xabar berilgan edi.
Tabiiy ofat o‘tgan haftaning payshanba kuni, 1-oktabrda sodir bo‘ldi. Aholi yashash punkti tumanlarining biriga yaqin tepalikdan tuproq va toshlardan iborat minglab tonnali ko‘chki tushdi. Buzilgan va ko‘chki ostida qolgan uylar soni 125 taga yetdi.
Izoh (0)