Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi qadimiy Palmira shahrini bombardimon qilishni boshladi. Shuningdek, samolyotlar IShIDning Aleppo provinsiyasidagi marralariga ham zarba bergan. Bu haqda mamlakat televideniyesiga tayanib, France-Presse va Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
IShID shu yil may oyida egallagan Palmira shahriga uyushtirilgan aviahujumlar tufayli 20 ta avtomobil va uchta qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilingan.
Aleppoda esa Rossiya samolyotlari jangarilar nazoratida bo‘lgan harbiy aeroportdan 20 kilometr uzoqlikdagi Al Baba va Dayr Xafir shaharlariga hujum qilgan.
Izoh (0)