Suriya prezidenti Bashar Asad o‘zining davlat rahbari lavozimidan ketishi mumkinligini bildirdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Eron televideniyesiga bergan intervyusida Asad, agar uning iste’fosi mamlakatdagi inqirozni bartaraf etishda yordam beradigan bo‘lsa, bunday qadamni tashlashga tayyor ekanligini aytdi.
Asadning qo‘shimcha qilishicha, Suriya hukumati mamlakatda terrorizmga qarshi kurash bilan parallel ravishda har qanday siyosiy choralarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Izoh (0)