Malayziya hukumati mamlakatni tutun qoplagani, u bolalar sog‘lig‘iga putur yetkazishi mumkinligi tufayli barcha maktablarni kamida ikki kunga yopib qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.
Qo‘shni Singapurdagi maktablar esa o‘tgan haftada yopilgan edi. Indoneziyadagi torf botqoqlari yonishi oqibatida har yili Singapur va Malayziya tutun bilan qoplanadi. Yong‘in Indoneziyadagi o‘rmonlarni palma yog‘i ishlab chiqarishga mo‘ljallangan plantatsiyalar uchun noqonuniy ravishda tozalashdan kelib chiqadi.
Indoneziya hukumati bir necha yil avval o‘rmonlarni bu tarzda tozalashni taqiqlagan bo‘lishiga qaramay, ushbu amaliyot davom etmoqda.
Izoh (0)