Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasini katta xato deb atadi, deb yozadi Meduza.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya uchun Rossiyaning xatti-harakatlari nomaqbul. Erdo‘g‘on operatsiya natijasida Rossiya Yaqin Sharqda izolyatsiyada qolishini aytdi.
Turkiya prezidenti, shuningdek, xuddi Rossiya kabi Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlayotgan Eronni tanqid qildi. Erdo‘g‘on Eronni Suriyada “davlat terrorizmi”ga ko‘maklashishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi nishonlarga zarba berishni 30-sentabrdan boshladi. Rossiya qurolli kuchlari operatsiyani Suriya hukumati so‘rovi bilan boshladi.
Izoh (0)