Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron agar zarur bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Manchesterdagi konservatorlar partiyasi anjumanining birinchi kunida u mamlakatning yadrodan tiyilish dasturini qo‘llab-quvvatlash zarur deb hisoblashini aytdi.
Leyboristlar yetakchisi Jeremi Korbin avvalroq Britaniya, hatto, yadro hujumi xavfi ostida bo‘lsa ham, yadro qurolini qo‘llashga ruxsat bermagan bo‘lishini ta’kidlagan edi. Unga javoban, Kemeron: “… Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bunday paytlarda yadro qurolidan foydalanish o‘rinli bo‘ladi”, — dedi.
Bosh vazir qayd etishicha, xuddi shunday fikrda bo‘lmagan kishilar “mamlakat milliy xavfsizligini xatar ostiga qo‘yadi”.
Izoh (0)