Dunyoning turli burchaklaridagi Twitter foydalanuvchilari Telegram messenjerining ishlamay qolganligi haqida yozmoqda, deb xabar beradi “TJ”.
Telefon yoki brauzer orqali Telegram’ga ulanishga uringanda, “Internal server error occured. Please try again later” yozuvi chiqib qolmoqda, xabarlar esa o‘z egasiga yetib bormayapti.
Ma’lum bir vaqt o‘tgach, dasturning mobil versiyasi butunlay yangilanmay qo‘ydi. Messenjerga DDoS hujumi uyushtirilganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)