Skype ishlab chiquvchilari Windows uchun mo‘ljallangan dasturga ovozli qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shdi, deya xabar bermoqda LookAtMe.
Dasturda ingliz, fransuz, nemis, italyan, xitoy va ispan tillari o‘zaro bir-biriga tarjima qilinadi. Matnli xabarlarni 50 xil tilga o‘girish mumkin. Yangilanma yaqin bir necha hafta ichida Windows uchun Skype’da asta-sekinlik bilan paydo bo‘ladi.
Izoh (0)