The Guardian jurnalisti Shon Uoker Twitter’dagi sahifasida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li BMTda mamlakat rasmiy delegatsiyasi uchun mo‘ljallangan joyda o‘tirgani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda, Belarus prezidenti saytida Nikolayning faqat Nyu-Yorkdagi “11-sentabr” Milliy yodgorligi oldida tushgan suratini ko‘rish mumkin. Belarus prezidenti o‘z o‘g‘li bilan birga mash’um terakt qurbonlaridan biri — Belarus fuqarosi Irina Busloning nomi yozilgan yodgorlikka gul qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi davom etmoqda, unda jahonning 150 mamlakati yetakchilari yig‘ilgan. Lukashenko so‘nggi 10 yilda birinchi marta BMTda nutq o‘qish uchun taklif qilindi.
Izoh (0)