Pavlodarda (Qozog‘iston) to‘y mashinalarining besh nafar haydovchisi yo‘l harakati xavfsizligi qoidlarini buzgani uchun jazoga tortildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, “Lexus” mashinasining 22 yoshli haydovchisi yo‘l chizig‘ini bosib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan. Unga nisbatan sud tomonidan 1 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanishi mumkin.
Yana to‘rt nafar haydovchi yo‘lovchilarni tashish qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda: yo‘lovchilar mashinalar harakatda bo‘lgan paytda hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, avtomobil oynasidan boshini chiqargan. Haydovchilarni eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida jarima kutmoqda.
Izoh (0)