Olmaotada dastlab ikki qizini, so‘ng o‘zini beshinchi qavatdan tashlagan Jadira Qulmamirovaning ahvoli yaxshilanib bormoqda. Bu haqda, shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Nur.kz” xabar bermoqda.
33 yoshli Jadira Qulmamirova davolanish kursidan so‘ng 1-son Markaziy klinik kasalxonaning reabilitatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Uning 1 yoshu 2 oylik qizi 1-son Bolalar klinik kasalxonasining neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda va uning ham ahvoli yaxshilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hodisa 9-sentabr kuni yuz bergandi. Ayol 5-qavatdan dastlab o‘z farzandlarini uloqtirib, so‘ng ularning ortidan o‘zi sakragandi. Ayolning 2007-yilda tug‘ilgan katta qizi hodisa joyida vafot etgan, kenjasi esa omon qolgan.
Olmaota ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)