Yaponiyaning eng keksa ayoli 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ismi oshkor etilmayotgan ayol 1900-yil 15-mart kuni tug‘ilgan, hozirgi kunga qadar Tokioning Sibuya tumanida istiqomat qilib kelayotgandi. U 27-sentabr, yakshanba kuni vafot etgan.
Endilikda Kagosima prefekturasida istiqomat qiluvchi 115 yoshli Nabi Tadzima Yaponiyaning eng keksa ayoli deb hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Yaponiyada sayyoraning eng keksa ayoli — Misao Okava vafot etgandi. U 117 yoshda edi.
Izoh (0)