“Biz yordam berishni istaymiz, bag‘rimiz keng. Ammo odamlarni qabul qilish imkoniyatimiz cheklangan, qo‘limizdan keladiganining ham chegarasi bor”, deya ma’lum qildi Germaniya prezidenti Ioaxim Gauk. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Prezident kansler Angela Merkel mamlakat rekord darajadagi qochoqlar oqimini uddalay olishini bildirgan bir paytda shunday bayonot bergan.
Oldinroq Germaniya yil oxiriga qadar 800 ming nafar qochoq kelishini kutayotgani xabar qilingan edi. Mamlakat hukumati 2016-yili federal yerlarga mazkur muammoni hal etish uchun 4,1 milliard yevro ajratishi aytilmoqda.
Izoh (0)